

L’Équipe nashri xabariga ko'ra, Fransiya klubi o'z to'purari uchun 50 million evro talab qilmoqda. Yaqin orada "Atletiko" uni sotib olish bo'yicha faol harakatlarni boshlash niyatida. Futbolchining 40 foiz huquqiga egalik qiluvchi "Manchester Yunayted" ham 24 yoshli ingliz vingeriga qiziqish bildirmoqda.
Vaziyatni "Fenerbaxche" va "Roma" klublari ham kuzatib borishmoqda.
Liga 1 ning o'tgan mavsumida Grinvud 32 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.



