Raul "Bayer" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 sen 2024
Ispaniyaning "Real" klubi afsonasi va sobiq hujumchisi Raul Gonsales Germaniyaning "Bayer" jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi.

Bu haqda "Sport Bild" xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, agar u kelasi yozda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyligidan ketishi mumkin bo'lgan Karlo Anchelotti o'rniga "Real"ga ketsa, Raul Xabi Alonsoning o'rnini egallashi mumkin.

Hozirda Raul Gonsales Ispaniya Segundasida to'p tepayotgan "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya"da bosh murabbiy bo'lib ishlaydi. Uning madridliklar bilan kelishuvi kelasi yozgacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild