Rasmiy xabar: Andrey Fyodorov yana bosh murabbiyga aylandi

Mirjalol Normatov
22 mar 2021
Moskvaning "Lokomotiv" klubi o'z farm-klubi hisoblangan "Kazanka" jamoasi bosh murabbiyi Ilshat Fayzullinni iste'foga chiqardi.

Yangi bosh murabbiy sifatida "temiryo'lchilar" klubida katta selekcioner lavozimida ishlab kelgan Andrey Fyodorov tayinlandi.

Andrey Fyodorov 2018-2020 yillar davomida Toshkentning "Lokomotiv"ini boshqarib, bir bora mamlakat chempioni bo'lgandi.

U shu yilning fevral oyida "Lokomotiv"da ish boshlagandi.

"Kazanka" jamoasi PFL Birinchiligi (Rossiyadagi uchinchi darajali turnir) ishtirokchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda jamoa liganing g'arbiy mintaqasida 10-o'rinda qayd etilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fckazanka