

Joriy mavsumda 33 yoshli darvozabon Ispaniya Kubogidagi bitta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi bilan "ko'k-anor ranglilar" o'rtasidagi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 7 million evroni tashkil qiladi.
Ter Shtegen 2014-yildan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda. U bu jamoa tarkibida Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan va Ispaniya chempionligini olti marta qo'lga kiritgan.



