Niko Uilyams o'zining JCH oltin medalini Sahroi Kabir cho'lini homilador holida yalangoyoq kesib o'tgan onasiga sovg'a qildi

20 iyul 2026, 13:31
90-yillarda qashshoqlikdan qochgan Mariya Artuer Ganadan Yevropaga yetib olishda yordam berishlari uchun bor pulini berib yuborgan.

Yo'lning katta qismini - 5200 km masofani Sahroi Kabir orqali piyoda bosib o'tishga to'g'ri kelgan: suv va oziq-ovqat yetishmagan, odamlar esa yo'lda kasallikka chalinib, vafot etishgan

Ispaniya chegarasiga mo'jiza tufayli yetib kelgan Mariya eri bilan devordan oshib o'tgan, shundan so'ng ular chegarachilar tomonidan hibsga olingan

Ganaga qaytarib deportaciya qilmasliklari uchun Mariya va uning eri o'zlarining barcha Gana hujjatlarini yo'q qilib yuborishgan va Liberiyadagi urushdan qochishayotganini aytib, yolg'on gapirishgan - Ispaniya ularga boshpana bergan

Mariya Ispaniyaga kelganidan keyingina o'zining uch oylik homilador ekanligini bilgan. Ular Bilbao shahriga borib qolishganida, dastlabki vaqtlarda ruhoniy Inyaki Mardones ushbu juftlikka kiyim-kechak, mebel va oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam bergan

1994 yilning iyun oyida Mariyaning to'ng'ich farzandi dunyoga kelgan: unga ruhoniyning sharafiga Inyaki deb ism qo'yishgan. Keyinchalik bu bola "Atletik" klubi afsonasiga aylandi: Inyaki Uilyams jamoa safida 510 ta o'yin o'tkazdi

2002 yilda Mariyaning ikkinchi o'g'li - Niko tug'ildi: ayol bir vaqtning o'zida uchta joyda ishlardi. Smenalardan biri - aeroportdagi farroshlik ishi ertalab soat 5 da boshlanardi: jamoat transporti u qadar vaqtli ishlamagani sababli, Mariya uyidan aeroportgacha bo'lgan 9 km masofani piyoda bosib o'tardi

Kunlarning bir kuni Mariya uyiga qaytib, to'lanmagan hisob-kitoblar tufayli oilaning suvi va chirog'i o'chirib qo'yilganini ko'radi va yig'lab yuboradi. O'shanda yosh Inyaki: "Oyijon, yig'lamang. Men albatta futbolchi bo'laman", - deydi

Mariya ishda bo'lgan vaqtlarda Inyaki Nikoga nonushta tayyorlar, uni maktabga kuzatib va olib kelar, futbol o'ynashni o'rgatar edi. Shu sababli Niko Inyakini nafaqat aka, balki futboldagi ustozi va hatto otasidek qabul qiladi

Yakunda Inyaki va Nikoning qatiyati hamda iqtidori oilani qashshoqlikdan olib chiqdi: ikki aka-uka uzoq yillar davomida "Atletik" klubi yetakchilariga aylanishdi - hozirda Niko yiliga 10 million evrodan ko'proq maosh olmoqda

Kecha Niko Uilyams Ispaniya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi kechgan finalning overtaymida g'alaba goliga assistentlik qilib, jahon chempioniga aylandi. Inyakining o'zi ham ushbu mundialda ishtirok etdi - u Gana terma jamoasi sharafini himoya qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: @pervsport