Rasman: Otabek Jo'raqo'ziev "Qizilqum"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 16:44
Ushbu mavsumni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida boshlagan hujumchi endilikda "oltin izlovchilar" sharfini himoya qiladi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Umidli hujumchi, O'zbekiston Kubogi sohibi Otabek Jo'raqo'zievning endilikda “Qizilqum”da o'ynaydi. Klubimiz rahbariyati futbolchi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi”, – deyiladi xabarda.

3.jpg

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli hujumchi ushbu mavsum 511 daqiqa maydonda harakat qilib, o'z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати