Rasman: “Barselona” Adeyemi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 15:49
Ispaniyaning “Barselona” klubi rasmiy sayti Germaniyaning “Borussiya D” jamoasi vingeri Karim Adeyemi o'tishi haqida ma'lumot berdi.

“Barselona” va Dortmundning “Borussiya” klublari Karim Adeyemi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi kataloniyaliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

“2002 yil 18 yanvarda Myunxenda dunyoga kelgan Adeyemi “Barselona” tarkibiga hayratlanarli va universal hujum potencialini olib kiradi. U o'z faoliyati davomida ajoyib tezlikni kuchli chap oyoq zarbasi bilan uyg'unlashtirgan holda, ham qanotlarda, ham hujum markazida o'ynash qobiliyatini namoyish etib kelgan”, – deyiladi klub xabarida.

24 yoshli Karim Adeyemi Germaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 28 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida 9 o'yin, 3 ta gol va 2 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com