Rasman: Nurlan Ibraimov - "Lokomotiv" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026, 16:10
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan "Lokomotiv" iqtidorli yarim himoyachi Nurlan Ibraimovni o'z safiga qo'shib oldi.

"Olimpik-MobiUz" hamda O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoasidagi o'yinlari orqali muxlislar e'tiborini qozongan 20 yoshli futbolchi bundan buyon klubimiz sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, Nurlan 2005 yil 29 avgust kuni tug'ilgan. Hujumkor yarim himoyachi ampluasida to'p tepadi. Faoliyati davomida Pro ligada 30 o'yin o'tkazib, 11 ta gol urgan. Shuningdek, turli yoshdagi terma jamoalarda ham 30 bor maydonga tushib, 5 ta gol muallifi bo'lgan", – deyiladi "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq saytimiz orqali uning mavsumni Toshkentda boshlashi haqida xabar chiqqan edi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати