

- Ingliz ligasi bozor qiymati bo'yicha ispan ligasidan ustun. Biroq milliy terma jamoalar darajasida Ispaniya Angliyaga qaraganda ko'proq natijalarga erishmoqda. Sizningcha, buning sababi nimada?
- Serrat o'z qo'shiqlaridan birida qadr-qimmat va narxni adashtirib yubormaslik kerakligi haqida kuylagan edi. Angliyada to'lanayotgan summalar bilan solishtirganda, ispaniyalik futbolchilarning naqadar arzon turishi meni hayratga soladi. Nazarimda, ular yaxshiroq. Har bir bozor o'z narxlarini o'zi belgilaydi.
Sovrinlarga kelsak, umidlar haddan tashqari yuqori bo'lib, ko'zlangan maqsadga erishilmaganda shubhalar paydo bo'lishi tabiiy hol. So'nggi Yevropa chempionatida Angliya finalgacha, jahon chempionatida esa yarim finalgacha yetib bordi... Bu aslo oson ish emas. Angliya erishayotgan natijalarni qadrlash lozim, - dedi de la Fuente.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi ertaga Millatlar Ligasi doirasida Angliyaga qarshi bahs olib boradi.



