

"Barselona"da har doim barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga intilishadi. Bu kutilma tariximiz va o'zligimizga chuqur singib ketgan. Maqsadimiz - La Liga, CHL va Ispaniya Kubogida g'oliblik uchun oxirigacha kurashish.
Biroq muvaffaqiyat faqat kuboklar bilan o'lchanmaydi. Qanday o'yin namoyish etishimiz ham ulkan ahamiyatga ega. Muxlislarimiz va sososlar faxrlanishlari uchun futbol falsafamizni aks ettiradigan, jozibador, hujumkor va jasur futbol ko'rsatadigan jamoani ko'rishni istaymiz", - dedi Laporta De Telegraaf nashriga bergan intervyusida.



