

Avvalroq AQSH terma jamoasini boshqarayotgan argentinalik mutaxassis Maykl Kerrik iste'foga chiqarilgan taqdirda, mankunianliklar bosh murabbiyi postiga asosiy nomzodlardan biri ekanligi ma'lum bo'lgan edi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, seshanba kuni "Yunayted" Pochettinoning vakillari bilan hamkorlik shartlarini muhokama qilgan. Klub AQSH futbol federatsiyasi bilan hali aloqaga chiqmagan, biroq Maurisio bilan bitim tuzishga qatiy qaror qilsa, ularga 10 million dollar miqdorida tovon puli to'lashiga to'g'ri keladi.
Shuningdek, bosh murabbiy bilan birgalikda AQSH terma jamoasidan uning yordamchilari ham "Yunayted"ga o'tishi kutilmoqda. Buning uchun ingliz jamoasi alohida kompensaciya to'lashi talab etiladi.
Ma'lumot o'rnida, "Manchester Yunayted" 10 turdan so'ng 8 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.



