Rasman: "Kattaqo'rg'on" sloveniyalik legioner va "Dinamo" sobiq futbolchisini qo'shib oldi

Iskandarov Abdulaziz
11 mar 2026, 14:17
Pro ligada transfer oynasi yopildi.

Yorqin Nazarov boshchiligidagi "Kattaqo'rg'on" jamoasi tarkibini ikki nafar futbolchi bilan to'ldirib oldi. Klub sloveniyalik, mamalakatining turli yosh toifalarida to'p tepgan Almin Kurtovich bilan shartnoma imzoladi. 25 yoshli yarim himoyachining so'nggi jamoasi Bolgariyaning "Dobrudja" jamoasi bo'lgan. Transfermarkt nashri futbolchini 300 ming evroga baholagan.

Bundan tashqari Pro liga debyutanti "Nasaf" tarbiyalanuvchisi, "Dinamo" va "Xorazm" sobiq futbolchisi Jasur Jumaevni ham jalb qildi. Klub bu ikki futbolchi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати