Rasman: Jo Xart va Jeyms Makkarti "Seltik" o'yinchisiga aylanishdi

Alisher
4 avg 2021
"Seltik" o'zining rasmiy saytida darvozabon Jo Xart va yarim himoyachi Jeyms Makkartining transferini e'lon qildi.

34 yoshli Xart o'tgan mavsumni "Tottenxem"da o'tkazdi. U "shporlar" safida barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushdi.

30 yoshli Makkarti esa oldin "Kristal Pelas"da harakat qilgan. U o'tgan mavsum jamoa safida 17ta o'yinda harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: celticfc.com