Rasman: Islombek Baratov - "Lokomotiv" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan "Lokomotiv" iqtidorli yarim himoyachi Islombek Baratov bilan shartnoma imzoladi.

"Ma'lumot uchun, Islombek Baratov 2000 yil 10 may kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tug'ilgan. "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Bo'yi - 177 sm, vazni - 70 kg.

Futbolchilik faoliyatini "Nasaf" (2020/2021), "Sho'rtan" (2022) va "Mashal" (2023/2024/2025) jamoalarida o'tkazgan.

Baratov o'tgan mavsum muborakliklar safida Superligada 26 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol muallifi bo'ldi. U o'ng qanot himoyasi va yarim himoyasida birdek o'ynay oladi", – deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати