Rasman: "Barselona"ga Dani Olmo va Viktorni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi

Administrator
8 yanv 2025
Klub bu ikki futbolchini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

Sport bo'yicha oliy kengash "Barselona" klubiga Dani Olmo va Pau Viktorni vaqtinchalik ro'yxatga olishga ruxsat berdi.

Yakuniy qaror uch oy muddat ichida chiqariladi. Olish kengash "Barselona"ning 52 bet va 60 ta hujjatdan iborat talabini o'rganib chiqmoqda.

Shunday qilib, Olmo va Viktor bugun o'tkaziladigan "Atletik"ka qarshi o'yinda ham maydonga tushish mumkin edi, ammo allaqachon o'yin qaydnomasi e'lon qilib bo'lindi va unda bu ikki futbolchi o'rin olmagan.


AdministratorMuallif
Manba: AS