Flik - Luis Enrike va PSJ haqida: "Uning jamoasi fantastik futbol ko'rsatmoqda, u dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri"

20 okt 2026, 10:00
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan, Luis Enrike boshchilik qilayotgan PSJga qarshi o'yindan kutilayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uning jamoasi fantastik futbol ko'rsatmoqda va u dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Menga uning jo'shqinligi, jamoasining pressing qilishi, o'yinchilarning poziciyalarini o'zgartirishi va tizimining egiluvchanligi yoqadi.

O'ylashimcha, ertangi o'yin biz uchun yaxshi sinov bo'ladi. Jamoamiz oxirgi 11 ta o'yinda g'alaba qozongan jamoa kabi ishonch bilan o'ynashini xohlardim. Biz oxirgi ikki yildagi dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Bu biz uchun imkoniyatdir.

Yarim himoya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Har ikkala jamoaning ushbu chizig'ida ajoyib o'yinchilar bor. Agar to'pga egalik qilsak, ular bizga gol ura olishmaydi. Eng muhimi - xatolarga yo'l qo'ymaslik, chunki PSJ hujumlarni yakunlashda juda sovuqqon. Biz juda e'tiborli bo'lishimiz kerak", - deydi Flikning so'zlarini UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com