Rafinya: "Qoidalar hamma uchun turlicha bo'lishi juda og'ir"

Administrator
17 fev 2026
"Barselona" qanot hujumchisi Rafinya Dias hakamlikning adolatsizligiga ishora qildi.

Dushanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liganing 24-turida "Jirona"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yinning 86-daqiqasida Fran Beltran gol urishi oldidan "Jirona" yarim himoyachisi Klaudio Echeverri "Barsa" himoyachisi Jyul Kundening oyog'iga butsa bilan tegib, to'pni o'ziga qarab yo'naltirdi. Francuz yiqilgach, Echeverri Xoel Rokega pas berdi, u esa Beltranga golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" yetakchisi Rafinya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ushbu vaziyatga noroziligini bildirdi.

"Xullas, bizda yaxshilaydigan jihatlar bor, lekin faqat bizda emas. Qoidalar [hamma uchun] har xil bo'lsa, bu senga foyda keltirishi yoki zarar keltirishidan qati nazar, juda og'ir.

Lekin g'alaba qozonish uchun hammaga qarshi kurashishga to'g'ri kelsa... Hechqisi yo'q, biz buni bajaramiz.

"Barsa" doimo barhayot bo'lsin" - deya yozdi Rafinya.


AdministratorMuallif
Manba: www.instagram.com/raphinha