

"Guruhning ikki favoriti – dunyo reytingida 5-o'rinda turuvchi Portugaliya va 12-o'rindagi Kolumbiyaga qarshi o'ynadik. Bu orqali o'zimiz uchun ham katta tajriba to'playapmiz. O'zbekistonga qarshi bellashuvda tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi, chunki durang bizni qanoatlantirmaydi. 3-tur mutlaqo boshqacha yondashuvni talab qiladigan o'yin bo'ladi, dastlabki ikkita o'yinga qaraganda ko'proq tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi.
Nima bo'lgan taqdirda ham, biz jahon chempionatiga qanday maqsad bilan kelganimizni bilamiz. Shuning uchun so'nggi o'yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi va buning o'zi ham yaxshi imkoniyat", dedi 49 yoshli fransiyalik mutaxassis.



