

Urataning o'zbek klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirida tugaydi va yaponiyalik futbolchining o'zi "Bunyodkor"da qolishni rejalashtirmayapti.
Qozog'istonning bir nechta klublari futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va "Aktobe" davogarlardan biri. Agar Nikolay Kostovning jamoasi Bogdan Vatejeluni saqlab qolmasa, Urataga e'tibor qaratiladi.

28 yoshli yaponiyalik futbolchi ushbu mavsum "qaldirg'ochlar" safida 17 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


