Qozog'istonlik futbolchi "Chelsi"ga o'tyapti

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2025
"Qayrat"ning 16 yoshli futbolchisi Dastan Satpaev tez orada "Chelsi"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "aristokratlar" Satpaev uchun 4 mln. evro to'laydi va bu Qozog'iston chempionati uchun rekord transfer hisoblanadi.

Dastan "Chelsi" bilan 5+1 sxemasida bitim imzolaydi, ammo u 18 yoshga to'lguniga qadar "Qayrat"da ijara asosida to'p tepadi.

Dastat Satpaev "Qayrat" yoshlari safida 12ta o'yinda 19ta gol urib, 7ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano