

"2024-yildan beri jamoamiz safida harakat qilib kelgan darvozabon Azizxon Isaqov bilan ikki tomonlama kelishuvga ko'ra shartnoma bekor qilindi.
Klubimiz Azizxon Isaqov bilan xayrlashganini e'lon qiladi va jamoa uchun qilgan mehnatlariga tashakkur izhor qiladi.
Azizxon, kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz", - deyilgan qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.
Azizxon Isaqov ikki yarim yil davomida "Qo'qon-1912" safida jami 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shu uchrashuvlarning 22 tasida o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolgan. U ushbu mavsum qo'qonliklar safida 5 ta bahsda maydonga tushdi va ikki bellashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



