"Atletiko" "Yuventus"dan Devidni 25 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Administrator
2 sen 2026, 00:17
"Atletiko" "Yuventus" hujumchisi Jonatan Devidni 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga olganini e'lon qildi.

Turin klubining xabar qilishicha, kelishuvda "Atletiko" uchun Kanada terma jamoasining 26 yoshli futbolchisini 25 million evroga sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan. Ushbu opciya faollashtirilgan taqdirda, mazkur summa to'rt yil davomida to'lab beriladi.

O'tgan mavsumda Devid Seriya Aning 35 ta o'yinida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'z uyida o'tkazilgan JCH-2026da u 5 ta o'yinda 3 ta gol urdi - Qatar darvozasiga xet-trik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: atleticodemadrid.com