"Qo'l qo'yasan yoki "Barselona B"ga ravona bo'lasan". "Barsa" o'z futbolchisiga shart qo'ydi

Aziz Tukhtamuradov
20 avg 2021, 08:27
"Barselona" yarim himoyachi Ilaysh Moribaga shart qo'ydi.

Futbolchi yangi shartlar asosida kataloniyaliklar bilan shartnoma tuzishni istamayapti. 

Diario Sport ma'lumotiga ko'ra, futbolchi uchun uchta variant taklif etilgan: u taklifga rozi bo'ladi, yoki o'zi uchun 15 million evro to'lashga tayyor klub topadi yoki mavsumni "Barselona B" safida o'tkazib, jamoa o'yinlarini tribuna orqali kuzatadi hamda yozda erkin agent sifatida ketadi. 

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi uchun 5 million evro to'lashga tayyor klub topilgan, ammo bu taklif "Barselona"ni qoniqtirmagan. 

Avvalroq, "Barselona" futbolchi uchun yiliga 2 million evro to'lashga tayyorligi, ammo Moriba 3 million talab qilayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport