PSJ 68 mln evrolik transferni amalga oshirmoqda

Alisher Ostonov
3 avg 2025
"Bornmut" va Ukraina terma jamoasi himoyachisi Ilya Zabarniy PSJga o'tmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 22 yoshli ukrainalikning transfer summasi 68 mln evroni tashkil qiladi. Bitim yakunlandi va tasdiqlandi, tez orada bu haqda rasman e'lon qilinadi.

Zabarniy o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 42 mln evroni tashkil etadi.

Himoyachi Ukrainaning "Dinamo" (Kiev) klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira