Potter Shvetsiya terma jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Alisher Ostonov
19 okt 2025
Grexem Potter yaqin kunlarda Shvetsiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

"Chelsi", "Brayton" va "Vest Xem" klublarining sobiq murabbiyi Shvetsiya futbol ittifoqi bilan 2026 yil martigacha, yani JCH-2026 saralashi va pley-off o'yinlari yakuniga qadar og'zaki kelishuvga erishdi.

E'tiborlisi, 50 yoshli ingliz bungacha Shvetsiyada ishlab, 2011-2018 yillarda "Estersund"ni boshqargan.

Shvetsiya terma jamoasi o'z guruhida 4 o'yinda 1 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinda bormoqda. Jamoa noyabr oyida Shveytsariya va Sloveniya bilan o'ynaydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: expressen.se