Grem Potter shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2026
Grem Potter Shvetsiya termasi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Shvetsiya futbol ittifoqi milliy jamoa ustozi bilan shartnoma 2030 yilgacha uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Potter 2025 yil oktyabrida Shvetsiya termasi boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2026 saralashiga yo'llanma oldi va u erda Ukraina termasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv g'olibi esa Polsha – Albaniya juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: svenskfotboll.se