

36 yoshli futbolchi Portugaliya klubi bilan mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan va yana 1 yilga uzaytirish bandiga ega shartnoma tuzdi. U yangi jamoasida 6-raqam ostida to'p tepadi.

Smolling 1 iyuldan buyon "Al Fayha" bilan shartnomasi yakuniga etganidan so'ng klubsiz yurgandi. U bungacha "Roma", "Manchester Yunayted" va "Fulxem" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Shuningdek, Smolling hisobida Angliya milliy terma jamoasi safida 31 ta o'yin va 1 ta gol mavjud.


