

10 may kuni ertalab nemis murabbiyining otasi vafot etgandi.
"Barselona" La Liganing 35-turida "Real"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni muddatidan oldin qo'lga kiritdi.
"Bu yerda, "El Klasiko"da g'alaba qozonishni xohlagandik va bu tarixda qoladi. Biz juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bunaqasi tarixda kuzatilmagandi. Bu juda go'zal. Endi oilamiz va muxlislar bilan nishonlash vaqti keldi, chunki bu har kuni ham sodir bo'lavermaydi.
Biz buni (g'alabani) Flik uchun va unga hamdarlik manosida qilishni juda xohlagandik. Bu g'alaba uning otasiga ham bag'ishlanadi", – dedi Pedri.



