

Futbolchi 2023 yil sentyabr oyi boshida Turkiyada operaciya qilingan va reabilitaciya jarayonini Moskvada o'tagandi. Dekabr oyida individual tarzda mashg'ulotlarga qaytgan Hoshimov Ulug'bek Baqoev bilan birga ishlashga rozi bo'ldi. Og'ir jarohatdan keyin futbolchi avvalgi formasiga qaytishiga tilakdoshmiz.
Ma'lumot uchun, “Navbahor” tarkibidagi 3,5 yillik faoliyati davomida tajribali futbolchi Superliga bahslarida jami 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.




