

– G'alaba bilan tabriklayman. Bir paytlar "Yuventus" va "Milan" darvozalarini ishgg'ol qilgansiz, endi "Paxtakor"ga ham gol urdingiz. Qanday hisiyotlarni boshdan kechiryapsiz?
– Bu o'zgacha tuyg'u, lekin eng muhimi, keyingi bosqichga o'tganimiz.
– Eshitishimizcha, mavsum boshida sizga bugungi raqibingiz "Paxtakor"dan taklif bo'lgan, lekin siz "Neftchi"ni tanlagansiz. Bu rostmi?
– Yo'q, men "Neftchi" bilan "Paxtakor"dan oldin kelishuvga erishganman. "Paxtakor" taklif bilan chiqqanidan keyin o'zaro muloqot qildik, lekin men "Neftchi"ni tanlashga qaror qilgandim. Shuning uchun fikrimni o'zgartirishni xohlamadim.
– Bugun kubokdagi uchinchi golingizni urdingiz va Superligada 10 ta golingiz bor. Bu mavsumda to'purarlik unvoni uchun kurasha olasizmi, nima deb o'ylaysiz?
– Eng muhimi, chempionlikni qo'lga kiritishimiz, balki kubokni ham. Agar gollarim bilan yordam bera olsam, xursand bo'laman. Bordi-yu, to'purar bo'lmasam ham, eng muhimi – "Neftchi"ning chempion bo'lishi.



