Jahongir O'rozov: "Kannavaro "Rubin"ni chempion qilardi"

30 okt 2026, 08:25
"Rubin" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov o'zbek milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro haqida gapirib berdi.

Shuningdek, u Kannavaro Qozon klubi bosh murabbiyiga aylanishiga qarshi emasligini bildirdi.

24 oktyabr kuni Frank Artiga "Rubin" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi. Qozonliklar ustozi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Oleg Kuzmin tayinlandi.

- Murabbiy Kannavaroda qanday alohida xususiyat bor?

- Inson sifatida u juda mehribon. Futbol maydonida ham, undan tashqarida ham hammaga yordam beradi. Masalan, Fabio ko'pincha mashg'ulotlardan so'ng qolib, futbolchilar bilan yakka tartibda ishlaydi. Shaxsan mening o'zimga ham Kannavaro tarixdagi eng yaxshi himoyachi sifatida ko'p narsani o'rgatdi. Terma jamoadagi sheriklarimdan eshitganman, u shaxsiy muammolar bo'yicha ham hamisha yordam berishga tayyor.

- JCHdan so'ng Kannavaro tanqidga uchradi.

- Bu kutilgan hol edi. Muxlislar ko'prog'ini kutishgandi. Ammo murabbiy iste'foga loyiq edi degan firga qo'shilmayman. Terma jamoa o'z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqdi, buning o'zi allaqachon yutuqdir. O'ylashimcha, keyingi JCHda O'zbekiston yaxshiroq ishtirok etadi.

- Agar Kannavaro RPL klubini boshqarganida, uni chempion qila olarmidi?

- Menimcha, ha. U ko'plab o'yinchilarni biladi, Fabioda yaxshi murabbiylar shtabi bor. Va unga xos stil aniq RPLga mos kelgan bo'lardi.

- Kannavaroning "Rubin"ni boshqarishini xohlarmidingiz?

- Ha, albatta. O'ylashimcha, Kannavaro "Rubin"ni chempion qilardi. Bizda tarixga ega jamoa bor, - dedi O'rozov Sport24 muxbiri Andrey Babich bilan suhbatda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24