"Paxtakor" futbolchisiga JCHda ishtirok etish uchun AQSH vizasi rad etildi

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 15:33
Iroq milliy terma jamoasining besh nafar futbolchisiga JCHda ishtirok etish uchun AQSH vizasi berilmadi

Bu haqda Iroq futbol federatsiyasi a'zosi G'olib Al-Zameli "Shafaq News" agentligiga ma'lum qildi. Noma'lum sabablarga ko'ra Ibrohim Bayesh, Muhannad Ali, Haydar Abdul-Karim, Ali Al-Hamadi va “Paxtakor” himoyachisi Zaid Tahsinga viza rad etilgan.

Al-Zamelining qo'shimcha qilishicha, tashkilot ushbu masala bo'yicha tezkor echim topish umidida FIFAga murojaat qiladi. Shuningdek, u mazkur futbolchilar mamlakat milliy terma jamoasining muhim bo'lagi ekanini ta'kidlab o'tgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Shafaq News