Pau Kubarsi: "Klasikoni butun dunyo ko'radi. Lekin men bosim his qilmayapman"

Mirjalol Normatov
24 okt 2025
"Barselona" futbolchisi Pau Kubarsi 26 oktyabr kuni bo'ladigan klasiko oldidan fikr bildirdi.

- O'tgan mavsumda ularni 4 marta mag'lub etib, nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatgandik. Oldimizda bizni yangi o'yin kutib turibdi. Ular bizni mag'lub etishmoqchi, lekin biz o'z darajamizda qolishimiz va o'z o'yinimizga ishonishimiz kerak.

- "Santyago Bernabeu"da o'ynaysiz. Bosim his qilyapsizmi?

- Klasikoni butun dunyo tomosha qiladi, bu dunyoning eng muhim uchrashuvlaridan biri. Lekin shunda ham men bosim his qilmayapman. "Bernabeu"da o'zgacha atmosfera hukmron bo'ladi. Biroq nima bo'lgan taqdirda ham u erda o'ynash yoqimli, - dedi Kubarsi.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 26 oktyabr kuni soat 20:15da start oladi.

26 okt 2025, 20:15
Real Madrid — FC Barcelona
2 – 1
Tugadi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic