

Uchrashuvni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov 19-daqiqada Matias Normanning o'rniga maydonga tushdi. Shundan keyin, bo'lim o'rtalarida Eldorning say-harakatlari evaziga Pavel Mamaev hisobni ochdi. 2-taym boshida Aleksandr Dolgov oradagi farqni oshirdi. 73-daqiqada esa Shomurodov bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0. Bu o'zbekistonlik hujumchining joriy yildagi ilk goli bo'ldi.
Asosiy bo'limning oxirlarida “Partizan”ning nigeriyalik futbolchisi Umar Sodiq raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi va o'yin 3:1 natijasi bilan yakunlandi.
"Partizan" (Serbiya) – "Rostov" (Rossiya) – 1:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – Mamaev (32), 0:2 – Dolgov (57), 0:3 – Shomurodov (73), 1:3 – Sodiq (87, penalti).
"Rostov": Pesyakov, Kozlov (Logashov, 60), Xadjikadunich (Chistyakov, 48), Osipenko (Kojemyakin, 60), Chernov (Vedernikov, 72), Eremenko (Livadnov, 83), Normann (Shomurodov 19), Popov (Bezrukov, 72), Mamaev (Saplinov, 60), Zaynutdinov (Osinov, 67), Bayramyan (Dolgov, 48).




