

– "Trinidad va Tobago" darvozasini ishg'ol qildingiz. Ushbu gol va umuman o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
– Bugungi o'yin juda muhim edi, sababi birinchi o'yinda mag'lub bo'lgandik. O'shanda hisobni biz ochgandik, ammo keyin standart vaziyatlardan uchta gol o'tkazib yubordik. Bugun esa o'yinni g'alaba bilan yakunlashga qatiy qaror qilgandik, uchinchi golni urib, masalani hal qilmoqchi edik. Bugun faqat g'alaba qozonishga e'tibor qaratdik. Bu biz uchun ham, xalqimiz uchun ham muhim edi. 2026 yil boshlanganidan beri to'rtta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayotgan edik. Bugun biroz engil tortdik, xursandmiz.
– O'zbekistonga qarshi o'yinda deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'p kirita olmagan edingiz. Bugungi gol o'sha vaziyat alamidan chiqishga yordam berdimi?
– Ha, shunday. Uchrashuv davomida 10 kishi bo'lib 11 kishiga qarshi o'ynashga majbur bo'ldik, bu biz uchun biroz qiyin kechdi. Ammo to'pni nazorat qilishga va uchinchi golni urish uchun diqqatni jamlashga harakat qildik. Yakunda yaxshi himoyalandik, natijadan mamnunmiz.
– Siz "Rostov" klubida uch yil to'p tepgansiz va Eldor Shomurodov kelishidan bir yil avval jamoani tark etgansiz. Rossiyadagi sobiq jamoangiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Shomurodovga qarshi maydonda o'ynash qanday taassurot qoldirdi?
– Rossiyada o'ynagan yigitlarga qarshi maydonga tushish yoqimli. Men professional kareramni "Rostov"da boshlaganman va buni hech qachon unutmayman. "Rostov" menga professional bo'lish imkoniyatini bergan klub hisoblanadi, shuning uchun bu jamoa hamisha yodimda.



