O'zbekistonda birinchi ayollar futbol maktabi ochildi

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023
Bugun Qarshidagi "Geolog" sport majmuasida "Sevinch" ayollar futbol maktabi ochilish marosimi hamda "FIFA womenʼs football campaign" festivali bo'lib o'tdi.

Futbol maktabi ochilish marosimida O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Ravshan Sayfitdinovich Ermatov, O'zbekiston futbolchilari uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev tadbir mehmoni sifatida ishtirok etishdi. 

Ochilish marosimida dastlab Ravshan Ermatov so'zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan futbolga katta e'tibor qaratilayotgani va buni natijasi o'laroq viloyatimizda katta hajmda ishlar amalga oshirilganini etirof etdi va buning uchun Qashqadaryo viloyati rahbariyati xususan "Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi" rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. 

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev ham Qashqadaryoda futbol uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan boshqa viloyatlarga ham o'rnak bo'layotganini ta'kidlab o'tdi.

Tadbirda "Nasaf" va "Sevinch" jamoalari prezidenti Shuhrat Aslanov ham so'zga chiqib, "Sevinch" jamoasi o'zbek futbolida o'z o'rniga ega jamoa ekanligini, bu jamoa o'zbek ayollar futboli uchun muhim o'rin egallaganini, bu olib borilayotgan ishlar o'zbek futboli kelajagi uchun amalga oshirilayotganini ta'kidlab o'tdi. 

Futbol maktabi ochilishida "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va Marko Stanoevich ham bo'lg'usi futbolchilarga omad tilashdi.

"Sevinch" ayollar futbol maktabi 50 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, bu dargohda yurtimizning turli chekkalaridan istedodlarni jalb qilinadi. Mahalliy futbolchilar esa mashg'ulotlarga uylaridan qatnashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Севинч" матбуот хизмати