O'zbekiston U-18 terma jamoasi Chernogoriya va Vengriya bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
4 avg 2022
Rauf Inileev ustozligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi 22-29 avgust kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi.

Yig'inning keyingi qismi  esa Chernogoriya hamda Vengriyada davom ettiriladi. Vakillarimiz xorijdagi yig'in doirasida har ikkala davlat U-18 terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 


30-avgust

 Chernogoriya - O'zbekiston 

1-sentyabr

Chernogoriya - O'zbekiston 

6-sentyabr

 Vengriya - O'zbekiston 

8-sentyabr

 Vengriya - O'zbekiston 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати