O'zbekiston terma jamoasi sobiq a'zosi Gonkongga yo'l olmoqda

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025
Himoyachi Doston Tursunov faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Tajribali himoyachi Doston Tursunovga Eron klublaridan takliflar bor edi, lekin u bu mamlakatga borishni istamadi. Futbolchi Gonkong klubiga o'tishga qaror qildi. Uning yangi klubi "Li Man" bo'ladi.

Futbolchi bu klulda bir yilda taxminan 300 ming dollar maosh oladi", – deyiladi xabarda.

30 yoshli futbolchi joriy mavsum "Xorazm" tarkibida 17 o'yinda maydonga tushdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia