Doston Tursunov: "Jahon chempionatiga borishni maqsad qilganman"

Iskandarov Abdulaziz
25 yanv 2026, 08:05
O'zbekiston milliy terma jamoasining bu yig'inida legionerlarimizdan Doston Tursunov ishtirok etmoqda.

Gonkong chempionatida o'ynayotgan futbolchi terma jamoa haqida fikrlarini bildirdi.

"Oxirgi martta terma jamoaga 2021 yil chaqirilgandim. Jarohatdan keyin qaytish qiyin bo'ldi, juda sog'ingandim. O'zimni yaxshi ko'rsatib, Jahon chempionatiga borishni maqsad qilganman. 

Kannavaroning ish uslubi a'lo darajada, o'zi himoyachi bo'lgan. Bilmaganlarimizni o'rgatmoqda. 3 kun mashg'ulot o'tkazdik, sekin-asta ko'nikib boramiz.

Husniddin Aliqulovga juda achindim. Bunday jarohat o'zimda bo'ldi, tiklanish qiyin kechdi. Sog'lik tilayman, tezroq safga qaytsin deb qolaman. U ajoyib himoyachi",- deydi Doston Tursunov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia