O'zbekiston MTJ beshta gol urgan o'yindan siz kutgan FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
10 okt 2019
Jahon chempionati-2022 saralashi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Yamanni qabul qildi.

"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan bellashuvda Vadim Abramov shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritishdi. Hujumkor va gollarga boy o'tgan uchrashuvdan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Abramovning qaytishi omadli chiqdi: O'zbekiston - Yaman 5:0

Foto: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Cool man.


Muxlislardan ajoyib performans.


Ko'pchilik kutmaganda boshlang'ich tarkibdan joy olgan Sanjar Qodirqulov murabbiy ishonchini oqladi.


Bizda ham futbolni rasmga oladigan fotograflar ko'payib qoldi, ko'z tegmasin)


Delfin Alijonov)


Bu o'yinchi ko'proq No'xot polvonga o'xsharkan)


Shomurodovga ham ko'z tegmasin.


Jama gol urgan vaziyat.


Odil Ahmedovning goli hisobga olinmadi. Lekin, gol nishonlashni inobatga olib qo'yaveramiz. Nishonlashni bekor qila olishmaydi)


Boya Alijonov delfincha "sho'ng'ish" qilgandi, bu erda esa Masharipov to'siqlar osha sakraydigan otlarga taqlid qilmoqda)


Igor Sergeev dastlab bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi va tribunadagi muxlislar buni yomon qabul qilishdi.


Ammo, Sergeev baribir gol urdi. Nishonlayotgan palladagi yuziga e'tibor bersangiz u buni naqadar xohlaganini bilib olasiz. Igor uddaladi, muxlislar yana xushtak chala boshlagan bir pallada xushtakbozlikni olqishlarga aylantirib yubora oldi.



Hujumkor va gollarga boy o'tgan uchrashuvdan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia