Osiyo kubogi. U-20 terma jamoamiz ertaga o'z yurishini boshlaydi. Yamanga qarshi qanday libosda o'ynashimiz ma'lum

Khoja
12 fev 2025
Ertaga O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Yamanga qarshi maydonga tushadi.

Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yo'nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing bo'yicha tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertangi bahsda to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da Shenchjendagi Yoshlar futbol bazasi 1 maydonida start oladi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA