

Endilikda mazkur masala O'zPFL Ijroqo'mi yig'ilishida ko'rib chiqiladi va klubning Pro liga qatnashchilari safidan chiqarilishi bo'yicha qaror qabul qilinadi.
“Istiqlol” futbol klubining murojaatiga asosan Pro liga 5-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan va taqvimga ko'ra 15 aprel sanasida o'tishi lozim bo'lgan “Buxoro” - “Istiqlol” uchrashuvi o'tkazilmaydi.
Shuningdek, “Istiqlol” futbol klubi qur'aga ko'ra O'zbekiston Coca-Cola kubogi “B” guruhidan o'rin egallagan edi. Kubok bahslarida “Istiqlol”ning o'rni O'zbekiston Coca-Cola kubogi ikkinchi saralash bosqichida mag'lub bo'lgan “Chig'atoy” - “G'ijduvon” qarama-qarshiligi g'olibi bilan to'ldiriladi.
Shu tariqa, O'zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichi
13 aprel, seshanba
16:00 ZOMIN - RUBIN
15 aprel, payshanba
16:00 CHIG'ATOY - G'IJDUVON



