Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston MTJ saralash o'yinlarini o'z maydonida qabul qiladi

Aziz Tukhtamuradov
17 fev 2022, 09:13
Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo kubogining saralash bahslarini qabul qiluvchi mamlakatlar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, 6 ta guruhdagi saralash o'yinlari 6 ta mamlakat - Hindiston, Quvayt, Qirg'iziston, Malayziya, Mo'g'uliston va O'zbekistonda o'tkaziladi. 

Saralash o'yinlari shu yilning 8-14 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning o'zi esa 2023 yilning iyuniga rejalashtirilgan. 

Saralash bosqichining qur'a tashlash marosimi 24 fevral kuni o'tkaziladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia