O'FU futbolchilarni yozgi transfer oynasida uchta klub bilan shartnoma imzolashda hushyor bo'lishga chaqirdi

Оқил Абдубарноев
2 iyul 2024, 20:20
O'zbekiston futbolchilar uyushmasi yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirayotgan o'yinchilarga tavsiya berdi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi va O'zbekiston futbolchilar uyushmasi futbolchilarni yozgi transfer oynasi ochilishida "Neftchi", "Navbahor", "Surxon" futbol klublari bilan shartnoma imzolashda hushyor bo'lishga chaqiradi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi o'tgan yilning 25 dekabr sanasida futbol klublarini professional futbolchilar oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini bajarishga chaqirib, barcha qarzlarni 2024 yil 10 yanvargacha qoplash uchun muddat belgilagan edi. 

Bir qator klublar bu majburiyatlarini bajargan va qarzlarni belgilangan muddatga qadar to'lagan bo'lsa-da, aksariyat klublar to'lov muddatini uzaytirishni so'rab murojaat qilishgan va bu murojaatlar O'zbekiston futbolchilar uyushmasi tomonidan qollab quvatlangan bo'lsa-da, "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari qarzlarni aprel oxirigacha bartaraf etishlari belgilangan bolsada bugungi kunga kelib ham qarzdorlikni bartaraf etishmagan. 

Bu esa reglamentning 12-moddasiga zid ekanligini ma'lum qilingan, ushbu moddaga ko'ra, klub futbolchilar va boshqa klublar oldidagi, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida ko'rsatilgan shartlarga muvofiq, o'z moliyaviy majburiyatlariga rioya qilishi lozim.

Bundan tashqari "Surxon" FK bir necha bor O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qarorlarini bajarmagan. Bu holat jiddiy sankciyalarga, jumladan, musobaqa jadvalida ochkolarni yo'qotishga olib kelishi haqida kop marotaba ogohlantirilgan.

Xabarda aytilishicha, FIFA normalari va qoidalariga muvofiq, klublar futbolchilarga shartnomalarga ko'ra barcha qarzlarini to'lashlari shart. Aks holda, klublar joriy transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatidan mahrum bo'lishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ўзбекистон футболчилар уюшмаси