

Biroq O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bu fikr to'liq haqiqat emasligini ta'kidladi. Sobiq futbolchi muxbirimiz Abdulaziz Iskandarovga bergan intervyusida farg'onaliklarning hali qarzlari borligini ma'lum qildi.
"Neftchi" hali qarzlarni to'liq yopmagan. Ayollar jamoasi, erkaklar jamoasi ayrim futbolchilar bilan hisob-kitob to'liq amalga oshirilmagan",-deb fikr bildirgan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari.
Ma'lumotlarga qaraganda, Farg'ona jamoasi qarzlarni 85 foizini yopgan va yana 2022 yilda harakat qilgan uch nafar futbolchidan mukofot pul qarzi bor.



