O'FA Mo'g'uliston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi

Sherzod Nurmatov
27 noya 2025, 18:04
Bugun O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va Mo'g'uliston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Cogt-Ochir Anandbazar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Unda Mo'g'uliston tomoni O'zbekiston futbolida erishilayotgan yutuqlarni etirof etib, mazkur tajribalarni o'rganish tashabbusini bildirdi, ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon sport sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати