Obameyang sobiq jamoasiga qaytmoqda

Mirjalol Normatov
19 iyul 2025
Per-Emerik Obameyang "Marsel"ga qaytmoqda.

"L’Equipe" ma'lumotiga ko'ra, 36 yoshli hujumchi hamda Fransiya klubi 2 yillik shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Futbolchi "Al Qodisiya" bilan shartnomasini bekor qilgani sababli erkin agentga aylangan.

Gabonlik hujumchi o'tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining 32 o'yinida 17 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe