Noyer jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
18 may 2026, 14:40
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer chap boldirida mushak muammosiga duch kelganini Myunxen klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Avvalroq tajribali posbon "Bavariya" safida Bundesliganing "Kyoln"ga qarshi o'yinida (5:1) maydonga tushgandi, ammo o'yinni yakunlay olmadi va 60-daqiqada almashtirildi. Noyerning tiklanish muddati hali aniq bo'lmadi.

Eslatib o'tamiz, darvozabon yaqinda Myunxen klubi bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. Yangi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

OAVda Noyerning JCH uchun qaydnomadan o'rin olishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Biroq bu hali tasdiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com