Maydon markazini nazorat qilgan sardor, “quruq” o'yin o'tkazgan posbon, “Aral”ning ilk mag'lubiyatiga sababchi bo'lgan murabbiy. Proligada 16-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2026, 15:55
20-22 avgust kunlari O'zbekiston Proligasida 16-turdan o'rin olgan 6 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Farhod Nishonov (“Olimpik-MobiUz”)

“Olimpik-MobiUz” ortda qolgan turda Proliga yetakchisi “Aral” bilan bahs yuritib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bunda jamoa bosh murabbiyi Farhod Nishonovning uchrashuv uchun tanlagan taktikasi katta o'rin tutdi. Uning shogirdlari maydonda ishonchli va mazmunli o'yin ko'rsatdi. E'tiborlisi, bu “Aral”ning mavsumdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Shu tariqa, aynan Nishonov tur murabbiyi sifatida etirof etildi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (12).jpg

Tur futbolchisi - Muhammadyusuf Mirqodirov (“G'azalkent”)

“G'azalkent” bu turda “Kattaqo'rg'on” bilan to'qnash kelib, 4:2 hisobida g'alabaga erishdi. Bu muvaffaqiyatda jamoa sardori Muhammadyusuf Mirqodirovning o'rni beqiyos bo'ldi. U maydon markazini to'liq nazorat qildi va jamoasini oldinga boshladi. Bundan tashqari, 59-daqiqada jamoasi foydasiga penalti ishladi. Shunday qilib, 21 yoshli futbolchi tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (11).jpg

Tur darvozaboni - Shahzod Shamsiddinov (“Lochin”)

“Lochin” bu turda Qarshida “QMU Jayxun”ni mehmon qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi (1:0). Bunda albatta darvozabon Shahzod Shamsiddinovning hissasi katta. Mahoratli posbon bir qator vaziyatlarda jamoas joniga ora kirdi va darvozasini “quruq” saqladi. Shunday qilib, aynan 29 yoshli Shamsiddinov Championat.asia talqinida tur darvozaboni deb topildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (11).jpg

Tur goli - Diyor Tojiev (“G'azalkent”)

Yuqorida takidlanganidek, “G'azalkent” bu turda “Kattaqo'rg'on”dan ustun keldi (4:2). “Kattaqo'rg'on” yarim himoyachisi Diyor Tojiev 24-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. U olis masofadan chap oyoqdagi zarbasi orqali darvoza pastki burchagini muvaffaqiyatli nishonga oldi. Aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida qayd etildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (12).jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia