Norchaev Germaniyada operaciya qilindi. U qachon safga qaytadi?

Narzulla Saydullayev
19 dek 2025
"Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev Myunxenda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli hujumchi Germaniyaning yetakchi jarrohi, tibbiyot fanlari professori, doktor Mirko Xerbort tomonidan tizzasidan operaciya qilindi.

Futbolchi 8 haftadan keyin reabilitaciyani boshlaydi. Taxminan 3 oydan so'ng maydonga qaytishi mumkin bo'ladi. Norchaev Jahon chempionatiga qadar yaxshi sport formasiga qaytishi uchun hozir operaciya qilindi.

Avvalroq Xerbort O'zbekiston MTJga nomzod futbolchilar Diyor Xolmatov va Muhammadrasul Abdumajidovni operaciya qilgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia